Jahon | 08:00 / 31.12.2016
4812
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya samolyoti bomba tufayli Pragada favqulodda qo‘ndi

Foto: enterair.pl

Ispaniyaning Gran-Kanariya shahridan Varshavaga uchayotgan Boeing 737 samolyoti portlash xavfi tufayli Pragada favqulodda qo‘ndi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda
  
Ta'kidlanishicha, samolyotda bomba borligi ma'lum qilingan. Uni olib o‘tgan gumonlanuvchi voqea joyida yo‘q qilingan.    

Chexiya ichki ishlar vaziri Milan Xovanetsning aytishicha, Enter Air aviakompaniyasiga tegishli samolyotdan barcha 160 yo‘lovchi eson-omon evakuatsiya qilingan.

Voqea joyida shoshilinch xizmatlar xodimlari ishlashmoqda. Ular voqea sabablari va tafsilotlarini o‘rnatishlari kerak bo‘ladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid