2016 yil bir qator muhim şartnomalarga boy böldi. vc.ru ularning orasidan eng muhimlariga oid ma'lumot bilan bölişdi.
Facebook va MSQRD

2016 yilning mart oyida Facebook Belarusning MSQRD ilovasini işlab çiqqan Masquerade Technologies kompaniyasini xarid qilişi haqida e'lon qildi. MSQRD servisi 2015 yilning dekabrida iş boşlagan bölsa, ikki oydan biroz köproq vaqt içida 10 milliondan ortiq foydalanuvçiga ega böldi.
Natijada MSQRD asosçilari Yevgeniy Nevgen, Sergey Gonçar va Yevgeniy Zatepyakin Facebook'ning Londondagi idorasiga köçib ötişdi. Şartnoma qiymati oşkor etilmadi.
Verizon va Yahoo, AT&T va Time Warner

Amerikaning Verizon operatori 2016 yilning iyulida Yahoo internet-xoldingining asosiy biznesini xarid qilişi haqida e'lon qildi. Şartnoma natijalariga köra, telekom-kompaniya Yahoo qidiruv xizmatini AOL xoldingi bilan birlaştirişni rejalaştirdi.
2016 yil oxiriga kelib, bu şartnoma hali-hanuz yopilmagan edi - Bloomberg ma'lumotlariga köra, Yahoo foydalanuvçilari ma'lumotlariga buzib kirilganlik haqidagi xabarlar tarqalgandan keyin Verizon yo internet-kompaniya bahosini pasaytirişga qaror qildi, yoki xariddan butkul voz keçdi.
2016 yilning oktabrida AT&T telekommunikatsiya kompaniyasi şunga öxşaş şartnoma haqida e'lon qildi - u Time Warner konglomeratini 85,4 milliard dollarga xarid qilişga kelişib oldi. Şartnoma yakunlariga köra, xaridor HBO, Warner Bros. va CNN kabi brendlar nazoratini qölga kiritdi.
Microsoft va LinkedIn

LinkedIn "professional" ijtimoiy tarmoği Microsoft korporatsiyasining bir qismiga aylandi - kompaniyalar bu haqida 2016 yilning iyun oyida e'lon qilişdi. Öşanda şartnoma qiymati 26,2 milliard dollarni taşkil qildi, u 2016 yilning dekabriga kelibgina töliq yopildi.
Xarid haqidagi e'lon vaqtida Microsoft rahbari Satya Nadella LinkedIn xaridi kompaniyaga biznes-jarayonlarni taşkillaştiriş va samaradorlik sohasida mahsulotlarni taraqqiy ettiriş imkonini berişini ta'kidladi. Microsoft mazkur şartnoma Yevroittifoq tomonidan tasdiqlanişi uçun LinkedIn ilovalarini Windows bilan birga qöymaslikka va'da berdi, u raqib-ijtimoiy tarmoqlarga xavf tuğdirmaslik uçun şunday qilişiga töğri keldi.



















