Turkiya parlamentining maxsus komissiyasi 30 dekabr kuni respublikaning parlament boşqaruv şaklidan prezidentlik boşqaruv şakliga ötişini közda tutuvçi konstitutsiyaviy islohot loyihasini tasdiqladi. Mamlakat konstitutsiyasiga özgarişlar kiritiş loyihasi Rajab Toyyib Erdöğan rahbarlik qiluvçi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan kiritilgan.
Qonun loyihasi endi deputatlar tomonidan muhokama qilinadi. Agar 550 parlamentariydan 330 nafari mamlakatning boş qonuniga özgarişlar kiritiş uçun ovoz bersa, u holda bu masala umumxalq referendumga qöyiladi. Loyiha mualliflarining fikriça, plebissit 2017 yilning mart yoki aprel oyidayoq ötkazilişi mumkin.
Deputatlar qonun loyihasini tasdiqlaşsa, ulardan söng turk fuqarolari ham uni qöllab-quvvatlasa, mamlakatning nafaqat konstitutsion va hukumat tizimi özgaradi, balki boşqa islohotlar ham boşlanadi. Taşabbuskorlarning taxminiga köra, bu islohotlar Turkiyaning demokratlaşuv jarayoniga ijobiy ta'sir körsatişi kerak.
Dastlab loyihaga 21 tuzatiş kiritiş közda tutilgandi. Maxsus komissiyaning 10 kun davom etgan majlisidan keyin 18 tuzatiş qilişga qaror qilindi.
Özgarişlar mohiyati nimadan iborat?
- Turkiya 2019 yilga qadar ötiş davriga kiradi, bu davr içida mamlakatda parlament va prezidentlik saylovlari ötkazilmaydi;
- Davlat rahbari va deputatlar 2019 yilda, bir kunda saylanadi. Şundan keyin saylovlar har 5 yilda ötkaziladi. Bundan taşqari, loyihaga muvofiq prezident öz lavozimiga ikki martadan ortiq saylanişi mumkin bölmaydi;
Aynan şu band ekspertlar jamiyati tomonidan eng köp tanqidga uçramoqda, zero şunday bölgan taqdirda, Erdöğan 2029 yilgaça hukumat tepasida qoliş huquqiga ega böladi;
- Boş vazir lavozimi bekor qilinadi. Davlat rahbari vitse-prezidentlar, vazirlar va boşqa yuqori lavozimli amaldorlarni tayinlaş imkonini qölga kiritadi;
- Prezident davlat byudjyeti loyihalarini tayyorlaş va tasdiqlaş uçun parlamentga taqdim etiş huquqini oladi. Qolgan qonunçilik funksiyalari parlamentariylar tasarrufida böladi;
- Prezident parlamentga bosim ötkaziş imkonini qölga kiritadi - u istagan vaqtda parlamentni tarqatib yuboriş haqida e'lon qilişi mumkin;
Turkiya rahbari şunday qilgan taqdirda uning vakolat muddati avtomatik ravişda qisqaradi, mamlakatda esa yangi saylovlar (parlament va prezidentlik saylovlari) ötkaziladi.












