Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolariga yöllagan yangi yil bayrami murojaatida yakuniga yetib borayotgan 2016 yil biroz murakkab bölganini ma'lum qildi. Uzoq Şarqda translyatsiya qilingan murojaat yozuvi YouTube’da taqdim etilgan.
«[2016 yil] yakuniga yetmoqda. Biroq, biz töqnaş kelgan muammolar bizlarni yanada jipslaştirdi, oldinga qarab harakat qiliş uçun imkoniyatlarimizning yirik manbalarini oçdi», - ma'lum qildi prezident.
Putinning qöşimça qilişiça, yangi yil keçasida har bir inson «biroz sehrgar böliş imkoniga ega».
«Buning uçun ota-onalarga muhabbat va minnatdorçilik bilan munosabatda böliş talab etiladi. Şuningdek, oilamiz, öz farzandlarimizga e'tiborli bölişimiz hamda ular haqida qayğurişimiz, iş böyiça hamkasblarni hurmat qilişimiz, döstlikning qadriga yetiş, haqiqat va adolatni himoya qiliş, rahm-şafqatli böliş, qöllab-quvvatlaşni kutayotganlarga yordam qölini çöziş talab etiladi. Hamma sir mana şunda», - deya xulosa qilgan Rossiya prezidenti.












