«Çelsi» navbatdagi rekordlar sari yurişda davom etmoqda.
APLning 19-turida «Stok Siti» klubiga qarşi keçgan va 4:2 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyindagi yutuq «aristokratlar» uçun qatorasiga 13-ğalaba böldi.
Natijada, «Çelsi» 2001/02 mavsumda «Arsenal» tomonidan örnatilgan rekordni takrorladi.
Endi bu rekordni yangilaş uçun Konte şogirdlari keyingi turda «Tottenhem»ni mağlub etişi talab etiladi. London derbisi 4 yanvar kuni «şporlar» maydonida bölib ötadi.












