«Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançes şartnomasini uzaytirmayapti va u 2017 yilning yozida Turinning «Yuventus» jamoasi safida paydo bölişi mumkin.

Çililik futbolçining londonliklar bilan şartnomasi 2018 yilgaça tuzilgan, lekin tomonlar şartnomani uzatiriş masalasida kelişa olişmayapti.

Futbolçi 28 yoşda va Yevropa miqyosida yutuqlarga erişişni istamoqda.

Tuttosport ma'lumotiga köra, turinliklar jamoasi 6 oydan keyin jamoani tark etişi kutilayotgan Mario Manjukiç örnini aynan Sançes bilan töldirmoqçi.

Uşbu futbolçi uçun Italiyaning boşqa bir jamoasi «Inter» ham qiziqiş bildirmoqda va uning transferi uçun 150 mln yevro sarflaşga tayyor.

Joriy mavsumda Sançes «Arsenal» safida APLning 18 uçraşuvida maydonga tuşgan va 12 gol urib, 5 golga hammuallif bölgan.

Ma'lumot uçun, uşbu futbolçi 2007-2011 yillarda Italiyaning «Udineze» jamoasida töp surgan. 2011 yilda «Barselona» uni 26 mln yevro evaziga sotib olgan, 2014 yilning yozida u 42,5 mln yevro evaziga London jamoasiga transfer qilingandi.