Jahon | 14:59 / 02.01.2017
10669
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi yil kechasida Fransiyada 650ta avtomobil yoqib yuborildi

Fransiyada 1 yanvarga o‘tar kechasi bezori shaxslar 650 avtomobilga o‘t qo‘ydi. Bu haqda TASS agentligi mamlakat IIV ma'lumotiga asoslanib xabar tarqatdi.

«Bu yil ham bayram oqshomida juda ko‘plab avtomobillar yoqib yuborildi. O‘tgan yili bir kunda 602ta avtomobilga o‘t qo‘yilgan bo‘lsa, bu yili bu ko‘rsatkich 650tani tashkil qildi», — deyilgan vazirlik xabarida.

Shu bilan birga bu borada ahvol 5 yil oldingidan 20 foizga yaxshilangani aytilgan.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, Yangi yil oqshomida mamlakat shaharlarida ko‘chalarda xavfsizlikni ta'minlash ishlariga 100 mingdan ortiq politsiyachi, jandarm va o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi.

Mavzuga oid