Karimjon Boboyev (ism-familiyalar özgartirilgan) mahalladoşlari bildirgan işonçi oqlay olmadi. Negaki, uning avvalgi faoliyati yon-atrofdagilar nazdida fidoyilikning bir körinişi bölgan ekan.

“Huquq” gazetasining yozişiça, bir neça yil avval mahallaga rais saylanayotganda unga işonç bildirişdi, oqsoqol sifatida mahalla ahlining “issiq-sovuği”da birga böladi, deb öylaşda.

Karimjon-çi?... Bir muddat ana şu işonçni oqlaş köyida yelib-yugurgandek böldi. Keyinroq esa qabuliga nafaqa puli tayinlab berişni iltimos qilib keluvçilar köpaydi-yu, özgardi-qoldi. Qanday bölmasin, ana şu pullarga ega çiqiş, qölga kiritiş haqida boş qotira boşladi. Işonçni unutdi.

Nihoyat, yölini topgandek böldi. U 2014 yilning yanvar oyidan dekabr oyiga qadar mahallaga ijtimoiy nafaqa sörab ariza bergan fuqarolarga nafaqa tayinlangaç, ularning pullarini özlaştiriş harakatiga tuşdi. Bunga erişdi ham. Ya'ni u ana şu muddat içida yetti nafar fuqaroga qaydnomalarni qalbakilaştirgan holda 7 mln. 649 ming sömlik ijtimoiy nafaqa tayinlab, uşbu pullarni qölga kiritdi.

Aftidan, K.Boboyev şu qilmişi bir kuni albatta foş bölişidan bexabar edi, çoği. Mahallada ötkazilgan tekşirişda uning noqonuniy xatti-harakatlari oşkor bölib qolgaç, tipirçilab qoldi. Özini oqlaş maqsadida turli bahonalar izlaşga tuşdi. Biroq heç biri naf bermadi. U qonun doirasida jinoiy javobgarlikka tortildi.