AQŞda er-xotin Apple kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.

Uning ma'lumotlariga köra, bunga 2014 yilgi Rojdestvo arafasida röy bergan YTH sabab bölgan. Er-xotin Jyeyms va Betani Modisett, şuningdek ularning ikki nafar qizi bölgan maşinaga 20 yoşli Garrett Uilxelm boşqaruvidagi avtomobil kelib urilgan. Natijada er-xotinning beş yoşli Moriya ismli qizlari kasalxonada olingan jarohatlar oqibatida vafot etdi.

Politsiyaning aniqlaşiça, Uilxelm töqnaşuv yuz bergan paytda iPhone’ida örnatilgan FaceTime videoaloqa ilovasidan foydalangan bölgan.

Modisettlar Apple’ni öz mahsulotlaridan foydalanayotganlarning xavfsizligi haqida qayğurmaganlikda aybladi. Sababi u FaceTime’ni yuqori tezlikda harakatlanganda “tösib qöyiş”ni nazarda tutmagan. Er-xotinning ta'kidlaşiça, uşbu ilovani işlatiş halokatga va qizlarining ölimiga sabab bölgan. Ular korporatsiyadan tovon puli talab qilişmoqda.