Chrysler kompaniya Panasonic Automotive Advanced Engineering firmasi bilan hamkorlikda Portal minivenini işlab çiqdi. CES elektronika körgazmasida taqdim etilgan maşina 1980-90 yillar oxirida tavallud topgan kişilarga möljallangan.
Avtomobil salonda bölgan kişilarning ovozi va yuzlarini farqlaş tizimi bilan jihozlandi. Uning elektronikasi ma'lum bir insonlarni taniş va unga mos jihatlarni taqdim etiş imkoniga ega. Masalan, musiqani tanlab beriş yoki qulay haroratni örnatiş.

Bundan taşqari, avtomobil içida örnatilgan kameralar selfi qiliş maqsadida ham işlatilişi mumkin – suratlar yölovçilarning mobil gadjyetlariga yuboriladi. Şuningdek, kameralar haydovçining nigohini ham kuzatib turadi. Elektronika közlarga tuşayotgan bosimni kamaytiriş uçun salon içidagi çiroq nurlarini ma'lum bir darajaga moslaştirişi mumkin.
Transport vositasi haydovçi va yölovçilarga har bir kişidan kelib çiqqan holda yönalişni belgilab berişda ham yordam beradi.

Chrysler Portal ikkita displey bilan jihozlangan. Birinçi ekran uçta qismga bölingan – öng tomondagisi uskunalar paneliga, markazdagisi – navigatsiya va hamma yerni körişga möljallangan, çapdagi esa – köngiloçar funksiyalarni öz içiga qamrab oladi.
Avtomobil avtonom boşqariş tizimi bilan jihozlangan. U yöl infratuzilmasi obektlari haqidagi ma'lumotni boşqa avtomobillar bilan bölişiş imkonini beradi.

Chrysler Portal litiy-ionli hajmi 100 kilovatt-soat bölgan akkumulyatorlar majmuasidan quvvat oluvçi elektr dvigateli yordamida harakatga keladi. Uning maksimal yuriş zaxirasi 400 kilometrni taşkil qiladi.
Chrysler “Portal”ning seriyali çiqarilişi yuzasidan heç qanday ma'lumot keltirmagan.












