Hyundai kompaniyasi futuristik körinişdagi yangi konseptual miniveni Staria suratini e'lon qildi. Maşinaning seriyali işlab çiqariluvçi versiyasi Janubiy Koreyada sotiladi. 

Ta'kidlanişiça, Hyundai Staria taşqi körinişidagi jalb qiluvçi jihatlari old tomonidagi ingiçka yoruğlik-diodli hoşiya, vertikal joylaşgan faralari hamda katta ölçamli radiator panjarasi hisoblanadi.  

Avtomobil 11, 9, 7 va 2 örindiqli (yuk taşuvçi versiyasi) modifikatsiyalarda taklif etiladi. Ta'kidlanişiça, maşinaning 9 örindiqli versiyasida ikkinçi qator örindiqlari uçinçi qator yölovçilari tomon 180 darajaga ögirilişi mumkin. Maşinaning bu jihati evaziga orqa örindiqdagi yölovçilar bir-birlariga qarab gaplaşib ketişlari mumkin böladi.

Bundan taşqari, maşina salonida axborot-köngiloçar tizimining katta sensorli displeyi, raqamli asboblar paneli va uzatmalarni özgartiriş uçun tugmali elektron selektor örnatiladi.

Kompaniyaning ta'kidlaşiça, yölovçilar uçun maksimal qulaylik yaratiş maqsadida maşinaning saloni balandligi avtomobil ham oilaviy, ham işçi safarlar uçun mos böladigan qilib tanlangan.