Toyota kompaniyasi Germaniya bozoriga Proace minivenining yangi nusxasini çiqardi. U tabiat qöynida hordiq çiqarişni yoqtiradiganlarga möljallangan. Model kemping uçun barça kerakli narsalar, jumladan karavotga ham ega.

Sayyohatçilar uçun Proace QUQUQ kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlandi. Venning yukxonasida çöziluvçan boks paydo böldi, u yerda plita va oşxona buyumlari bor. Aynan şu yerga suv zaxirasiga ega idiş va mini-rakovina ham joylandi.

Karavot esa bir neça matratsdan iborat. «Toyota»dan ta'kidlaşlariça, kemping uçun ven beş yoki yetti örinli salon bilan buyurtma qilinişi mumkin.

Bundan taşqari, xaridorlar alohida mablağ evaziga stolça va kursilar, maxsus Dachzelt ARB Simpson III çodirini ham olişlari mumkin.

Germaniyada Proace’ning minimal qiymati 35 300 yevroga teng. “Turistik” optsiyalariga ega töla töplam uçun esa yana beş ming yevroni qöşimça tölaş lozim.