Avval ateist pozitsiyasini tutgan Mark Tsukerberg özi yaratgan ijtimoiy tarmoq orqali dinni dunyo madaniyatining juda muhim qismi, deb hisoblaşini ma'lum qildi.
Yangi yil arafasida u 83 million folloverini Rojdestvo va Xanuka bilan tabriklab, post qoldirdi hamda xabarlar sozlamasida hozirda Qutqaruvçining tavalludini nişonlayotganiga işora qildi.
Izohlarda Facebook asosçisi va direktori folloverlardan birining "Siz ateist emasmisiz?" degan savoliga javob berdi.
"Yöq. Men yahudiy sifatida voyaga yetdim, keyin şunday payt keldiki, men turli narsalar haqida öylanib qoldim. Biroq endi din - juda muhim ahamiyatga ega ekanligiga işonaman", - deb yozdi Tsukerberg.
Şuni ta'kidlaş joizki, 2016 yilning 29 avgustida Mark Tsukerberg turmuş örtoği bilan birga Vatikanga taşrif buyurdi va Frantsisk (papa) bilan uçraşdi, keyin ijtimoiy tarmoqlarda bu uçraşuvni heç qaçon unutmasligi haqida yozdi. 31 dekabrda u öz akkauntida papaning sözlarini tinglayotgani aks etgan qabul suratini joyladi va bu uçraşuv u uçun "ilhomlantiruvçi tajriba" bölganini qayd etdi.
Tsukerbergning yuqorida keltirilgan posti ostida foydalanuvçilardan biri nima uçun u yaratgan ijtimoiy tarmoq Rojdestvo bilan tabriklamasligi bilan qiziqdi. Tarmoq rahbari suhbatni hazilga burib, "Siz Isoning akkauntiga yozilganmisiz?", deya javob qaytardi.












