Suratkaş Lukas Tsimmerman svetoforlarning kuçli tumanda aks ettirilgan suratlar seriyasini yaratdi. U barça suratlarni tun yarmida Germaniyada, Veymar yaqinida muhrladi. TJ naşri uşbu fotojamlanma bilan bölişdi. 

Tsimmermanning sözlariga köra, u yoruğlik nurining tumanda aks etişi va noodatiy holatlardagi suratlar oddiy narsalarning gözalligini körsatib bera olişiga şaydo bölgan. Kundalik hayotimizda biz odatda bunday narsalarga e'tibor qaratmaymiz. 

Tsimmerman svetoforlarning tumanda tasvirlangan ilk suratlarini 2013 yilda olgan bölgan, biroq uç yil ötgaç, öz ğoyasiga qaytib, kolleksiyasini töldirgan.