Iroq hukumat kuçlarining Mösulni IŞID terrorçi guruhidan ozod qiliş operatsiyasi tez orada öz poyoniga yetadi. Bu haqida duşanba kuni Fransiya prezidenti Fransua Olland Bağdodda Iroq boş vaziri Haydar al-Abadiy bilan bölib ötgan uçraşuvda ma'lum qildi. 

"Mösulda IŞIDni yöq qiliş operatsiyasiga bir neça hafta ketadi, tez orada biz şaharning ulardan ozod qilinganiga guvoh bölamiz, - deya Ollandning sözlarini keltiradi Al-Arabiyya telekanali. - IŞID Iroq qurolli kuçlari bosimi ostida çekinmoqda".  Fransiya rahbari şuningdek Mösuldagi operatsiya tinç aholiga xavf tuğdirmasligini ta'kidladi. 

Fransiya prezidenti Fransua Olland Iroq hukumati bilan Mösuldagi operatsiyani muhokama qiliş hamda mamlakatdagi fransuz harbiylari bilan uçraşiş uçun duşanba kuni Bağdodga taşrif buyurdi. U Bağdoddan Arbilga (Iroq Kurdistoni) qarab yöl oladi. 

Olland Bağdoddagi matbuot-anjumanida Mösul IŞIDdan xalos bölganidan keyin Fransiya şaharni qayta tiklaş böyiça yangi xalqaro konferensiyani çaqirişga tayyor ekanini bildirdi. 

Fransiya harbiy-havo kuçlarining Suriya va Iroqda IŞID jangarilariga qarşi olib borayotgan Chammal nomi ostidagi operatsiyasi 2014 yilda boşlangan.