Ötgan yil davomida özbek sömi va tojik somoniysining AQŞ dollariga nisbatan kursi pasayib bordi. Qirğiziston, Qozoğiston va Rossiya milliy valyutalari esa dollarga nisbatan pozitsiyasini mustahkamlaşgan.
Özbekiston

Özbekiston valyutasining dollarga nisbatan rasmiy kursi 2016 yilda 15 foizga pasaydi – ötgan yil boşidagi bir dollar uçun 2809 sömdan joriy yil avvalidagi 3239 sömga. Amerika valyutasiga nisbatan kurs yilning sönggi uç oyida sezilarli pasaydi.
Tojikiston
Tojikiston somoniysining dollarga nisbatan rasmiy kursi 2016 yilda 10,7 foizga tuşib ketdi. Tojikiston valyutasi yilning birinçi ikki oyi davomida pasaygan: yanvarda somoniy dollarga nisbatan 10,4 foizga qadrsizlangan bölsa, fevralda – 0,3 foiz. Mamlakat milliy bankida yilning birinçi ikki oyi davomidagi bunday holat Rossiya rubli va Qozoğiston tengesi qiymatining keskin özgarişi tufayli yuz berganini aytib ötişgan. Sönggi 10 oyda esa somoniyning dollarga nisbatan kursi özgarmadi.
Qirğiziston
Qirğiz somining dollarga nisbatan rasmiy kursi 2016 yilda 8,7 foizga oşdi. Ötgan yil boşida bir dollar 75,8969 somga aliştirilgan bölsa, joriy yil avvalida bu körsatkiç – 69,2301 ni taşkil qildi. Som dollarga nisbatan asosan fevral, mart va aprel oylarida mustahkamlangan.
Turkmaniston
Turkmaniston manatining dollarga nisbatan rasmiy kursi 2016 yil davomida özgarişsiz qolgan: bir dollar uçun 3,5 manat. Bu haqda Turkmaniston markaziy banki ma'lumotida xabar qilingan.
Qozoğiston

Qozoğiston tengesining dollarga nisbatan rasmiy kursi 2016 yilda 1,9 foizga ösdi – ötgan yilning 1 yanvarida 1 dollar uçun 340,01 tenge berilgan bölsa, joriy yil boşida bu körsatkiç 333,29 tengeni taşkil qildi. Qozoq valyutasining dollarga nisbatan qiymati yanvarda keskin qadrsizlandi. Keyingi uç oy davomida esa u asta-sekin mustahkamlanib bordi. May-avgust oylarida esa teskari holat kuzatildi. Yil oxirigaça tengening dollarga nisbatan qiymati sekin-asta kötarilib bordi.











