Pekinni tezlik bilan çulğayotgan smog videoga olindi. Rolik 3 yanvarda çop etilgan.

Tezlaştirilgan videoda Pekin köçasi 20 daqiqa içida deyarli tutun içida qolganini köriş mumkin. Ayni vaqtda Pekinda havo ifloslanganligining xavflilik böyiça 2-darajali "zarğaldoq" darajasi e'lon qilingan. 

TASS axborot agentligining ma'lum qilişiça, şaharda smog 6 ta tezkor şossedagi transport harakatini töxtatib qöygan. Pekin hukumati bir qator quriliş va korxonalarda işlarni vaqtinçalik töxtatdi. Havo ifloslanganligi darajasi kamayişini 5 yanvardan oldin kutiş yaramasligi aytilgan.