Özbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan öqituvçilarning haftalik öquv yuklamalari tasdiqlandi. Şuningdek ta'lim sohasini tartibga soluvçi qoidalarga özgarişlar va qöşimçalar kiritildi. Bu haqida "Norma.uz" saytida xabar berildi. 
 
Manbaga köra, 1 yanvardan haftalik öquv yuklamalari quyidagi tartibda oşiriladi: 

bolalar musiqa va san'at maktablari öqituvçilarining öquv yuklamasi - boşlanğiç sinflar uçun 22 soatdan 24 soatga va yuqori sinflar uçun 18 soatdan 20 soatga;
sport maktablaridagi ustoz-murabbiylarning öquv yuklamasi - 24 soatdan 26 soatga;
"Barkamol avlod" markazlaridagi tögaraklar rahbarlarining öquv yuklamalari - 18 soatdan 24 soatgaça.

Şunga muvofiq ayrim hukumat qarorlariga özgarişlar kiritiladi.