Bentley kompaniyasi öz tarixidagi eng ekstremal modelini taqdim etişni rejalaştirmoqda. Avtomobil 6 yanvarda namoyiş etiladi. Bu haqda, kompaniya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirilgan tizerida söz yuritilgan.
Ehtimol, Bentley kompaniyasi 6 litr hajmli, 642 ot kuçiga ega W12 juft turbo dvigatel bilan jihozlangan Continental GT Speed modelining «kuçaytirilgan» namunasini taqdim etişi mumkin. Bu avtomobil 4,1 soniyada «yuz»ga çiqa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 332 kmni taşkil etadi.
Hozirda, aynan Speed namunasi eng kuçli va eng tez Bentley hisoblanadi. Bungaça, Supersports kompaniyaning uşbu yönalişdagi eng yaxşi maşinasi hisoblanar edi. Bundan taşqari, çeklangan miqdorda işlab çiqilgan tört litrli juft turbo «V8» motorli 580 ot kuçiga ega GT3-R kupesi ham eng kuçlisi edi. Bu avtomobil 3,8 soniyada «yuz»ga çiqişi mumkin.
Umuman, Continental GT3-R modelidan 300 nusxa işlab çiqarilgan bölib, ularning har biri oq rangga böyalgan edi.












