Britaniyaning "lyuks" toifasidagi avtomobillar işlab çiqaruvçi Bentley kompaniyasi xarajatlarni kamaytiriş maqsadida iş örinlarining çorak qismini qisqartiradi.
"Biz yetti haftalik töxtab turiş oqibatidagi yöqotişlar örnini qoplaş uçun barça imkoniyatlardan foydalandik", - dedi Bentley boş ijroçi direktori Edrian Xolmark.
Uning sözlariga köra, Bentley inqiroz sababli bu yil zarar körişi mumkin.
"Biz daromadning 25 foizini yöqotib böldik va ixtiyorimizda atigi yarim yil qoldi. Bu yil sezilarli foyda oliş juda qiyin", dedi u.
Kompaniya 4,2 ming iş örnidan mingtasini qisqartirişni rejalaştirmoqda.
Xolmarkning qayd etişiça, Bentley korxonasi ötgan oyda faoliyatini tiklagan, ammo hozirda quvvatining 50 foizidan foydalanmoqda.
Avvalroq Britaniyadagi avtomobil işlab çiqaruvçi yana bir kompaniya - Aston Martin Lagonda, Lookers avtodileri hamda ehtiyot qismlar yetkazib beruvçi qator korxonalar iş örinlarini qisqartirişini e'lon qilgandi.












