«Özavtosanoat» aksionerlik jamiyati Buyuk Britaniyaning «Bentley» kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021 yildan boşlab yangi elektromobillarni işlab çiqariş böyiça muzokara olib bormoqda. Bu haqda Tez News uşbu muzokaralardan xabardor manbaga asoslanib xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, dastlab Özbekiston bozori uçun elektr tarmoq orqali quvvatlantiriladigan ikki xil gibrid avtomobillar işlab çiqariş va sotuv boşlaş rejalaştirilmoqda.
2025 yilga borib uşbu brend ostida olti xil gibrid elektromobillar işlab çiqarilişi mumkin.


Ma'lumot uçun, Rossiyada 8 oktabr kuni Bentley kompaniyasi yangilangan Bentayga avtomobili taqdimotini ötkazib, keng ommaga elektromobillar işlab çiqarişni yölga qöyiş rejasi haqida xabar qilgandi.
- Qayd etiş kerakki, hozirça bu ma'lumotni boşqa manbalardan tasdiqlaşning imkoni bölmadi, «Özavtosanoat» AJ ham bu xabar böyiça rasman izoh bermagan. Şuningdek, xabarda bunday avtomobillar içki bozor uçun yoki eksportga möljallanganiga aniqlik kiritilmagan.












