Davolaş muassasalari va aholini dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta'minlaş ustidan nazorat böyiça respublika komissiyasi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ayrim turlari uçun çeklangan ulgurji, çakana va beriş narxlarini tasdiqladi.
Bundan taşqari, Komissiya tender savdolarini ötkaziş uçun röyxatga kiritilgan xorijda işlab çiqarilgan dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar hajmi va çeklangan şartnomaviy narxlarini ham tasdiqlagan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2016 yilning 31 oktabr kunida «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlaşni yanada yaxşilaşga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzolagandi.
Unga köra, 2017 yilning 1 yanvaridan:
çetdan olib kelinadigan, şuningdek, Özbekistondagi işlab çiqaruvçilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va çakana sotiş, ularni yetkazib berişda iştirok etuvçi vositaçilar sonidan qat'iy nazar, ulgurji savdo uçun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, çakana savdo uçun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bölmagan miqdorlarda belgilanadigan çeklangan savdo ustamalari qöllanilgan holda amalga oşirilişi belgilangan.
Şu bilan birga, tibbiyotda keng qöllaniladigan 167 nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va 22 turdagi tibbiyot buyumlari uçun muayyan narxlar belgilanmoqda. Bu narxlar davolaş muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlaşni tizimli asosda nazorat qiliş böyiça taşkil etiladigan Respublika komissiyasi tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uçun jahon narxlari kon'yunkturasini tahlil qiliş asosida örnatilgan tartibda har çorakda belgilanadi.
Narxlar jadvali Davlat raqobat qömitasi saytiga joylaştirilgan.
1 | Nitroglitserin tabletki 0,5 mg №50 | 28,5 | 3000 | ||












