Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026 öquv yili uçun ikkinçi mutaxassislikka qabul boşlanganini e’lon qildi.

2025/2026 öquv yilida ikkinçi va undan keyingi ta’lim (ikkinçi mutaxassislik) uçun talabgorlarni onlayn röyxatdan ötkaziş Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgust kuniga qadar onlayn şaklda amalga oşiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:

  • özining pasport ma’lumotlari, JŞŞIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
  • hamda öqiş istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yönalişini tanlaydilar.

Ikkinçi va undan keyingi oliy ma’lumot böyiça öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

Ma’lumot uçun, ikkinçi va undan keyingi oliy ta’lim böyiça qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengaşi tomonidan belgilanadi.