2025/2026-öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinçi va undan keyingi oliy ta’limga qabul böyiça my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn röyxatdan ötgan talabgorlarning arizalari körib çiqildi. Ammo ayrim arizalar kamçiligi bölgani sababli rad etildi, deb xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi.

Ta’kidlanişiça, rad etilgan arizalarni 14-15 avgust kunlari tahrirlaş imkoniyati berildi. Uşbu muddatdan söng tahrirlaşga yöl qöyilmaydi va kamçiliklari bartaraf etilmagan arizalar körib çiqilmaydi.

Röyxatdan ötgan barça talabgorlar şaxsiy kabinet orqali ariza holatini doimiy kuzatib borişi, zarurat tuğilganda tahrirlaşi mumkin.

Eslatib ötamiz, ikkinçi va undan keyingi mutaxassislik böyiça öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Qabul parametrlari OTM ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda belgilanadi.