2016 yilda taxminan 7,5 ming muhojir halok böldi yoki bedarak yöqoldi. Bu haqda muhojirlik böyiça Xalqaro taşkilot xabar berdi.
“Ma'lumotlarga köra, beşta qit'ada 7495 kişi halok böldi yoki bedarak yöqoldi”, - deyiladi xabarda. Bu 2014 va 2015 yillarga qaraganda ança köproqdir. Öşanda qurbon bölganlar soni tegişli ravişda 5267 va 5740 kişini taşkil qilgan. Ötgan 12 oy davomida Örta yer dengizidan Yevropaga bölgan muhojirlik yönalişi eng xavfli böldi – u 5079 nafar insonning hayotiga zomin bölgan. Şimoliy Afrikada 1124 muhojir, Meksikadan AQŞga yöl olgan - 432, Markaziy Amerikada - 174, Janubi-Şarqiy Osiyoda – 153 muhojir halok böldi yoki bedarak yöqoldi.
Dunyoda uç yil davomida 18,5 ming muhojir halok bölgan yoki bedarak yöqolgan. “Bu raqamlar dahşatli, - deya ma'lum qildi MXT boş direktori Uilyam Leysi Sving. – Bu holat 1096 kunda yuz berdi – ya'ni, har kuni 20 ta ölim qayd etilgan”.
“Biz barça qurbonlarni hisobga ola bildik, deb öylamayman. Hisob-kitoblarda orqada qolmoqdamiz. Biz muhojirlikni barça uçun qonuniy va xavfsiz qiliş uçun harakat qilişimiz kerak”, - ta'kidlab ötdi u.
Taşkilotda aniq belgilab olingan, xususan, Janubiy Amerikadan Şimoliyga, şuningdek, Şimoliy Afrikadan Yevropaga bölgan muhojirlik yönalişlari - “mamlakatlar kelayotganlar sonini kamaytirişga urinişayotganiga qaramay bor kuçi bilan işlamoqda”, deb hisoblaşdi. Muhojirlar bugungi kunda köproq ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma'lumotlarga asoslanib, öz yöllarini mobil aloqa vositalari orqali belgilab boradilar. Ular öz qarindoşlari va döstlari bilan aloqada bölib, yölda boşqa muhojirlar bilan sodir bölgan favqulodda vaziyat haqida birinçi bölib xabar berişadi.











