Germaniya g‘arbida qochqinlar markazida chiqqan yong‘inda jabrlanganlar soni 50 dan oshib ketdi, deb xabar bermoqda Sputnik axborot agentligi.
Voqea Xyofelxof shahrida, Germaniyada boshpana olishga 500 da'vogar yashovchi sobiq harbiy kazarmalarda yuz bergan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar mahalliy shifoxonalarga 30 kishini yetkazganlar, 27 kishi, jumladan 2 o‘t o‘chiruvchi voqea joyida tibbiy yordam olgan.











