ARD Deutschlandtrend tomonidan ötkazilgan oylik ijtimoiy sörov natijalariga köra, har uçinçi nemis terrorçilik hujumi qurboniga aylanişidan xavotirda. Bu kayfiyat 25-iyul kuni Berlinda sodir etilgan teraktdan keyin xavfsizlik masalasi mamlakat siyosiy kun tartibida birinçi öringa çiqqanini körsatadi.
Sörov iştirokçilarining 69 foizi terrorçilik xurujlari xavfini yuqori deb baholagan. Şuningdek, 56 foiz öng ekstremistlar, 50 foiz esa söl ekstremistlar tomonidan hujumlar sodir etilişi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Migratsiya siyosati böyiça ham qat’iy pozitsiyalar kuzatilgan. Nemislarning 71 foizi 2024-yildan buyon amal qilayotgan çegara nazoratini davom ettiriş tarafdori. Şu bilan birga, 59 foiz migratsiya muammosini milliy emas, balki Yevropa Ittifoqi darajasida birgalikda hal qiliş samaraliroq deb hisoblaydi.
Siyosiy reytinglarda esa öngçi «Germaniya uçun muqobil» (AfD) partiyasi öz mavqeini mustahkamlaşda davom etmoqda. Sörovga köra, partiya reytingi 28 foizga yetgan bölsa, XDI/XSI konservativ blogi 21 foiz bilan tarixiy past körsatkiçlardan birini qayd etgan. Qolgan partiyalar reytingi deyarli özgarmagan.
Tadqiqot şuni ham körsatdiki, federal hukumat faoliyatidan nemislarning 85 foizi norozi. Respondentlarning 68 foizi yaqindagi kadrlar almaşinuvidan keyin ham vaziyat yaxşilanmasligiga işonadi. Şuningdek, aholining 55 foizi Germaniyada tub özgarişlar amalga oşirilişini xohlaşini bildirgan.
Sörov natijalariga köra, ayniqsa AfD tarafdorlari özlariga nisbatan adolatsiz munosabat qilinayotganini his qiladi. Ularning 70 foizi jamiyatda öz uluşidan kamroq imkoniyat va manfaatlarga ega ekanini aytgan. Butun mamlakat böyiça esa respondentlarning 43 foizi özini boşqalarga nisbatan kamroq imkoniyatlarga ega deb hisoblaydi.











