Turkiyaning Izmir viloyati gubernatori Erol Oyildiz viloyat markazida röy bergan portlaş va kelib çiqqan otişma Kurdiston işçilar partiyasi tomonidan sodir etilgani haqida aytdi.
Uning ma'lum qilişiça, birinçi belgilar bu hujum ortida KIP jangarilari turganini körsatmoqda. Bu hujum ijroçilari Kalaşnikov avtomatlari va granatalar bilan qurollangandi.
Izmir gubernatorining sözlariga köra, politsiyaçilar va hujum qiluvçilar örtasidagi otişma sud binosi oldida bölib ötgan.
"Politsiyaçilar Bayroqli tumanida joylaşgan sud binosiga kirib kelayotgan avtomobilni töxtatişga uringanida töqnaşuv kelib çiqqan. Jangarilar ikkita avtomobilni portlatişgan va voqea joyidan qoçib ketişga urinişgan", degan gubernator.
Bundan taşqari, u bu hujum oqibatida 2 kişi halok bölgani va 5 kişi jarohatlangani haqida ma'lumot bergan.












