Kot-d'Ivuar hukumati mamlakatning 3 şahrida harbiy xizmatdan böşatilgan askarlar isyon kötargani haqida ma'lum qildi.
Associated Press agentligi xabariga köra, 6 yanvar tongida mamlakatning ikkinçi yirik şahri hisoblanmiş Buake şahrida tartibsizliklar boşlangan. Kun böyi şaharda otişmalar davom etgan. Qayd etilişiça, askarlar maoşlar oşirilişini talab qilişgan.
Keyinroq bunday holatlar Daloa va Korgoho şaharlarida takrorlangan. Guvohlarning ma'lumotlariga köra, köçalar böylab qurollangan kişilar yurib ötgan, xavfsizlik xizmati kuçlari esa öz postlarini taşlab ketgan.
Reuters agentligi ma'lumotiga köra esa, Buake şahrini harbiy xizmatdan böşatilgan askarlar egallab olgan. Harbiy manba ma'lumotiga köra, sobiq harbiy xizmatçilar politsiya uçastkalariga hujumlar uyuştirib, qurollarni tortib olişgan. Daloadagi harbiy lagerda otişma kelib çiqqan. Bu yerda ham tartibsizliklar harbiy xizmatdan böşatilgan askarlar tomonidan sodir etilgani aytilgan.
Agentlik xabarida qayd etilişiça, isyon tölqini mamlakatda bölib ötgan parlament saylovlari bilan boğliq bölişi mumkin. Şu bilan birgalikda harbiylar öz talablarini bayon qilişmagan, şuningdek, isyon kötarilgan şaharlar orasidagi boğliqlik ham qayd etilmagan.
Bu mamlakatda xuddi şunday isyon 2014 yilda ham bölib ötgandi. Öşanda askarlar mamlakat böylab bir neça şaharda barrikadalar örnatgan va maoşlar oşirilişini talab qilgandi. Hukumat ularning talablarini bajargandi.












