Panasonic kompaniyasi CES 2017 iste'molçilik elektronikasi körgazmasida xuddi inson kabi harakatlana oluvçi robotni namoyiş etdi. Uning taşqi körinişi katta oq tuxumni eslatib yuboradi.
Robotning diametri 29, balandligi esa 48,9 santimetr bölib, bu oddiy oşxona mikseri bilan deyarli bir xil degani. U kiçik ğildirakçalari tufayli yuza böylab osonlik bilan harakatlanadi. Şu bilan bir qatorda, “tuxum”ning qopqoği içiga örnatilgan proyektor bilan işlaş uçun oçilişi mumkin. Panasonic tomonidan işlab çiqilgan texnologiya inson harakatini takrorlab, özi bilan muloqotni yanada tabiiyroq qiliş imkoniga ega. Tovuş va örnatilgan proyektor mos ravişda işlaydi, bu esa robot va inson örtasidagi boğliqlik hissini keltirib çiqarişi mumkin.
Noodatiy robot Wi-Fi modul bilan jihozlangan bölib, sun'iy idrok asosida tabiiy tilni avtomatik tarzda qayta işlaşga qodir. Bu uning atrofdagilar bilan muloqotini oson qiladi. Şuningdek, robot istalgan ma'lumotni yuklab olişi hamda maşina va insonlar bilan mustaqil ravişda aloqa örnatişi mumkin.
Panasonic AQŞ va dunyoning boşqa mamlakatlariga robot dizaynini röyxatga oliş uçun talabnoma yubordi. Uning bozorga çiqariliş muddati noma'lum.











