Turkiyaning Izmir şahrida sodir etilgan portlaş oqibatida bir politsiyaçi va sud xodimi halok bölgan. Yana 10 kişi jarohatlangan.
Ma'lum bölişiça, şahar sudi binosi oldida portlovçi qurilmalar örnatilgan 2 avtomobil portlatilgan.
Bu terakt taşkilotçilaridan 2 nafari politsiya bilan otişma vaqtida halok bölgan, yana bir gumonlanuvçi qidirilmoqda.
Jarohatlanganlar şifoxonaga yetkazilgan, ulardan birining ahvoli oğir ekani aytilgan.
Ma'lumot uçun, oxirgi kunlarda Izmir şahrida Istanbul terakti taşkilotçilarini qidiriş böyiça maxsus amaliyot davomida 40 kişi qölga olindi. Ular IŞID bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Mamlakatda 1 yanvar kungi terakt tufayli xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.
Turkiya huquq-tartibot organlari xodimlari Istanbuldagi tungi klubga hujum qilib, 39 kişini öldirgan terrorçini qidiriş işlarini davom ettirmoqda.












