Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 yanvardagi Farmoni bilan Davletov Ruslanbek Quroltayeviç Özbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni muvofiqlaştiriş böyiça Davlat maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Şu munosabat bilan Davletov Ruslanbek Adliya vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning örniga kim tayinlangani hozirça noma'lum.
Ma'lumot uçun, Davletov törtta oliy öquv yurtini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2001 yilda monopoliyaga qarşi kuraş va raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasida mutaxassis lavozimidan boşlagan bölib, keyinçalik boş mutaxassis, uşbu qömita bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi bölib işlagan. U 2016 yilning sentabr oyidan Adliya vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan.











