Angliyaning «Everton» jamoasi boş direktori aksionerlar yiğilişida ma'lum qildiki, klub rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning xoldingi (USM) bilan 5 yillik homiylik şartnomasi tuzgan. Kelişuv doirasida 2017 yilning yanvarida jamoaning maşğulot bazasini nomlaş huquqi ham uşbu xoldingga ötadi.
The Guardian xabariga köra, kelişuvning umumiy qiymati 75 mln funt sterlingni (92,6 mln yevro) taşkil etadi.
Endilikda «Everton»ning maşğulot bazasi nomi Finch Farm emas, USM Finch Farm böladi. Bundan taşqari, Usmonovning xoldingi klubning uy uçraşuvlari ötadigan «Gudison Park» stadionidagi öyinlar vaqtida reklama joylaştiriş va marketing işlarini yuritiş huquqiga ega böldi.
2016 yilning fevralida «Everton» rahbariyati rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning Red and White Holdings va USM xoldinglari böyiça hamkori bölmiş eronlik Farhod Moşiriy inglizlar jamoasi aksiyalarining 49,9 foiziga ega bölganini ma'lum qilgandi.
Usmonov Londonning «Arsenal» klubi aksionerlaridan biri hisoblanadi. 2016 yilning fevralida u Moşiriyning hissasini sotib olib, öz aksiyalari uluşini 30,04 foizga yetkazgandi.

















