Bentley kompaniyasi tört örindiqli dunyodagi eng tez avtomobil – Continental Supersports kupesini taqdim qildi. Yangi maşina joyidan 100 km/soat tezlikkaça 3,4 soniyada erişadi, maksimal tezligi esa soatiga 336 km ni taşkil qiladi. Maşina jahon bozorida 2017 yil 1-çoragida paydo böladi.  

Kupe 6 litrli, 12 silindrli motor bilan jihozlanadi. Dvigatel 700 ot kuçi beradi. Şunday dvigatel Volkswagen konsernining bir qator modellarida, jumladan Bentley Bentayga krossoverida örnatiladi. Motorning unumdorligi katta turbohaydagiçlar va yaxşilangan sovitiş tizimi qöllanişi hisobiga 100 ot kuçiga oşirilgan.