Turkiyada hujumlarni amalga oşirayotgan terrorçilik taşkilotlari bitta markazdan nazorat qilinadi. Terrorçilarni qurollantirib, moliyalaştirişadi. Bundan közlangan maqsad – Turkiyani tiz çöktiriş. Biroq bu amalga oşmaydi va Turkiya öz yölida davom etadi, deb aytib ötdi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Şanliurfa viloyatida çiqiş qilarkan.

«Kurdiston işçi partiyasi, IŞID va FETÖ (Fathulloh Gulenning oqimi) terrorçilari Turkiyaga zarar yetkaziş harakatida. Heç kim bu terrorçilik taşkilotlari ma'lum bir kuçlar tomonidan moliyalaştirilişi hamda qurollantirilişini inkor eta olmaydi. Turkiyaga qarşi oçiqdan-oçiq qarşi çiqişga qörqqanlar, öz maqsadlariga terrorçilar yordamida erişiş istagida», - dedi prezident.

«Turkiya duşmanlari qattiq xato qilişmoqda. Turk xalqi öz tarixi davomida heç bir duşman qarşisida tiz çökmagan», - dedi davlat rahbari.

Uning sözlariga köra, Turkiyaga hujum qilayotgan terrorçilarni qöllab-quvvatlayotgan kuçlar ertaga aynan şu terrorçilar tahdidiga duç kelişadi.

Erdöğan Turkiya duşmanlari özlari yoqqan olovdan özlari yonib, kulga aylanişlarini aytib ötdi. «Turkiya davlati va xalqining birdamligi sabab mamlakatimiz bugun juda kuçli. Davlatimiz barça qiyinçiliklarni yengib ötib, közlagan maqsadiga erişadi», - ta'kidlab ötdi prezident.

«IŞID bilan kuraş niqobi ostida har kuni Suriya hududlarini bombardimon qilayotganlarning asl maqsadi Turkiya bu mamlakatda terrorçilar bilan kuraş boşlaganidan söng oşkor böldi. Keça Anqarani IŞID bilan kuraşişda istamaslikda ayblaganlar, bugun Turkiyadan Suriya hududiga 20 kilometrdan içkariga kirmaslikni talab qilmoqda. Biroq biz IŞID töla yöqolgunga qadar kuraş olib boramiz», - dedi prezident.

Erdöğanning ta'kidlaşiça, Iroqning kattaligi böyiça ikkinçi şahri – Mösulda terrorçilikka qarşi amaliyot Turkiyaga zarar yetkazişni közda tutgan. Şundan söng u sekinlaşib, Raqqadagi amaliyot ham qoldirildi. «Agarda siz IŞIDni özingiz kuraşayotgan obekt deb e'lon qilgan bölsangiz, nima uçun kuraşni töxtatib qöydingiz?», - degan davlat rahbari.

«Turkiya öz maqsadiga yaqin qolganini tuşungaç, rejalar qayta körib çiqildi. Biroq biz kuraş boşladik va uni Al-Bob hamda Munbiçni terrorçilardan ozod etmagunga qadar töxtatmaymiz», - qöşimça qildi Erdöğan.

«Turkiya va uning xalqini fitnalar, terrorçilik yoki iqtisodiy muammolar bilan yöq qiliş mumkin emas», - degan prezident.