Turkiya hukumati davlat to‘ntaruviga urinishga aloqador bo‘lgan 6 ming kishini ishidan bo‘shatdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ular orasida davlat xizmatida bo‘lganlar, harbiylar, politsiyachilar va ta'lim sohasi xodimlari bor.

Ayni vaqtda Turkiyada to‘ntaruvga urinish tufayli favqulodda vaziyat tartibi amal qilmoqda va u 19 yanvardan yana 3 oyga uzaytiriladi.