Bağdod va Anqara örtasida Iroq şimolidagi Baaşik aholi punktida joylaşgan turk qöşinlarini olib çiqiş böyiça kelişuvga erişilgan. Bu haqda As Sumaria telekanaliga Iroq boş vaziri Haydar Al Abadiy ma'lum qilgan. 

"Turk qöşinlarini Baaşikdan olib çiqiş böyiça Iroq talabi borasida kelişuvga erişilgan", - deb bayonot bergan Iroq boş vaziri. 

Iroq hukumati bir neça marotaba Turkiyadan mamlakat şimolidagi harbiylarini olib çiqişni talab qilgan edi. Rasmiy Bağdodga köra, Baaşikda turk harbiy bölinmalarining bölişi Iroq içki işlariga aralaşiş hisoblanib, davlat suverenitetini buzgan. Anqara ma'muriyati, Iroq rasmiylarining mamlakat şimoliy hududlarida turk kuçlari bölişiga ruxsat berganini iddao etib, Bağdodning turli qaraşini anglay olmayotganini ta'kidlagandi.