Xitoyning yetakçi internet qidiruv tizimiga egalik qiluvçi Baidu kompaniyasi mamlakat rahbariyatidan Pekinda özining onlayn-bankini oçişga ruxsat oldi. Bu haqda IBS Intelligence portali xabar bermoqda.
Yangi bank Baixin Bank deb ataladi. Bankning yaratilişida Xitoyning China CITIC Bank banki ham iştirok etmoqda. Bu xizmat qaçon işga tuşirilişi ma'lum qilinmagan.
Yangi bank körsatadigan xizmatlar içida jismoniy şaxslar va kiçik biznesga kredit beriş, investitsion mahsulotlarni sotiş kabilar böladi. China CITIC Bank raisi Li Tsinpinning aytişiça, yangi bank bozorda odamlarga aktivlarini boşqarişda yordam beruvçi taşkilot sifatida faoliyat yuritadi.
2015 yilda Xitoyning yana bir internet giganti Alibaba Group özining mobil banki Mybank’ni işga tuşirgandi. Şu yili Xitoyning internet-provayderi Tencent ham Webank deb nomlangan şunday xizmatni yaratgandi.
Baidu Xitoyda eng ommaviy qidiruv tizimi hisoblanadi. U qayta işlanuvçi sörovlar miqdori böyiça Google’dan keyin dunyoda 2-örinda turadi.












