Yangi yilning birinchi haftasi ham ortda qoldi. Bu vaqt oralig‘ida dunyo odamlari hayotida ko‘p voqea-hodisalar bo‘lib o‘tdi. Reuters agentligi ana shu voqealarning eng yorqin va ta'sirlilarini fototasmaga muhrladi. Quyida ana shu suratlarni tomosha qilish mumkin.

1. Avstraliyaning Sidney shahridagi mushakbozlik. 2016 yil, 31 dekabr.

2. Xitoyning Fuyan shahridagi kuchli smog ostida odamlar raqs tushishmoqda. 2017 yil, 2 yanvar.

3. Ayol o‘z iti bilan Rido anhori yaqinida sayr etmoqda. Ottava, Kanada. 2017 yil, 4 yanvar.

4. Reina tungi klubi devorlari ostiga tashlangan gullar. Yangi yil oqshomida bu yerda noma'lum kishi dam olayotganlarga qarata o‘t ochgan edi. Istanbul, Turkiya. 2017 yil 1 yanvar.

5. Istanbuldagi Reina tungi klubida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lgan Fotih Chaqmoqning ota-onasi yig‘lamoqda. 2017 yil, 2 yanvar.

6. Xitoyning Erxay ko‘lida yoshlar o‘z nikohlarining fotosessiyasini o‘tkazishmoqda. 2016 yil 28 dekabr.

7. Besh yashar Fax Jyem ismli filcha jarohatlangan oyog‘ini davolash yo‘lida hovuzda cho‘milmoqda. U uch oylik bo‘lganida uning oyog‘i fillar uchun qo‘yilgan qopqonga tushib qolgan. 2017 yil 5 yanvar.





















