Töliq metrajli "Hayvonlar şahri" multfilmi Hollivud xorijiy matbuot Assotsiatsiyasi tasnifi böyiça 2016 yilning eng yaxşi animatsion kartinasi deb topildi. Disney tomonidan işlab çiqilgan multfilm Los Anjyelesda bölib ötayotgan 74-"Oltin globus" sovrinini topşiriş marosimida uşbu mukofotga munosib körilgan, deb xabar qilmoqda NBC telekanali.
"Töliq metrajli film" toifasida, şuningdek, "Moana", "Hayvonlar qöşiği" va Fransiya-Şveytsariya multiplikatorlari tomonidan suratga olingan hamda yetim bolalar taqdiri haqida hikoya qiluvçi "Ma vie de Courgette" kartinasi ham kuraş olib borgan.
"Hayvonlar şahri" multfilmini Bayron Xovard, Riç Mur va Jared Buşdan iborat rejissyorlar tandemi suratga olgan. U 150 million dollar sarflangani holda, 1 mlrd dollardan ortiq mablağ yiğişning uddasidan çiqa oldi.
1942 yildan "Oltin globus" mukofoti bilan Hollivudda röyxatdan ötgan xorijiy jurnalistlar e'tirofiga sazovor bölgan kinofilm va televizion kartinalar taqdirlanib kelinadi. Sovrin 25ta nominatsiyada taqdim etiladi: ulardan 14tasi kino sohasida, 11tasi kinoekranlardagi xizmatlar uçun beriladi. Ğoliblar HFPA a'zolari orasidagi ovoz beriş natijasiga köra aniqlanadi.












