Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini tölaqonli himoya qilişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yölga qöyilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bu boradagi işlar kölamini kengaytirib, aholi murojaatlarining öz vaqtida hamda sifatli hal etilişida muhim omil bölmoqda. 

Xususan, Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği polkovnik Sultonov Allouddin Pölatoviçning virtual qabulxonasi iş boşladi. Bu haqda viloyat içki işlar boşqarmasi Kun.uz’ga xabar berdi.

2017 yilning 8 yanvar kuni oçilgan «Farğona viloyati IIB boşliğiga onlayn murojaat» sayti aholining davlat boşqaruvi organlariga, binobarin ertangi kunga işonçini yanada mustahkamlab, amalga oşirilayotgan islohotlarda faol iştirokini ta'minlaşga xizmat qiladi.