Internetda ayol kişi IIB binosi oldida özini yoqib yubormoqçi bölgani haqidagi xabar tarqaldi. Farğona viloyat IIB ayolning qizi qöşmaçilik qilgani va voyaga yetmagan ikki qizni tutqunlikda saqlaganini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 15 noyabr kuni M.A. (IIB oldida özini yoqmoqçi bölgan ayolning qizi) Farğona şahridagi mehmonxonalarning birida pul evaziga 4 kişiga jinsiy aloqa qiliş uçun şaroit yaratib beradi va kelişilgan pulni olgan vaqtida tezkor tadbir paytida qölga olinadi.
Suriştiruvlar davomida bu ayol voyaga yetmagan ikki qizni uyida tutqunlikda saqlab, mijozlar bilan jinsiy aloqa qilişga majburlab kelgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam savdosi), 131-moddasi 1-qismi (Qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş) hamda 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumondor 2022 yil 16 noyabr kuni JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.
Jinoyat işi böyiça jabrlanuvçi va guvohlarning körsatuvidan kelib çiqib, 19 noyabr kuni ayblanuvçining “Malibu” maşinasi xolislar iştirokida közdan keçirilganda unda 2 dona piçoq va boşqa buyumlar topilgan, ular daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirib olingaç, avtomaşina qonuniy egasiga topşirilgan.
“IIB binosi oldida özini yoqmoqçi bölgan ayol bilan boşqarma rahbariyati suhbatlaşib, holat yuzasidan tuşuntirişlar bergan. Şu örinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi xabarlarga rasmiy munosabat berilmasdan turib, noörin xulosa qilmasliklarini sörab qolamiz”, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.
Hodisaga oid boşqa tafsilotlar oçiqlanmagan.
Avvalroq Çinozda aliment pulini ololmagan ayol prokuratura binosi oldida özi va farzandlariga öt qöymoqçi bölgandi.
Samarqandda qurilişi bitmagan uyi buzilişga tuşgan ayol viloyat hokimligi binosi oldida özini yoqmoqçi bölgandi.












