Ayubxon Toşxöjayeviç Rahmatullayev Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.
Polkovnik Ayubxon Rahmatullayev muqaddam içki işlar vazirining örinbosari – moliya va moddiy texnika ta’minoti boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan, 2021 yil martidan Andijon viloyati IIB boşliği bölgan, 2025 yil martida IIV rahbariga örinbosarlikka qaytarilgandi.
2026 yil 28 yanvar kuni boşqa işga ötkazilayotgani munosabati bilan içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşliği lavozimidan ozod etilgandi.
Ma’lumot uçun, Rahmatullayev sönggi ön yillikda uşbu viloyat içki işlar boşqarmasi rahbarligiga tayinlangan oltinçi mulozim bölmoqda. Bungaça uşbu lavozimda Aloviddin Sultonov (2015-2017 y.y), Rahmat Mamatov (2017-2020), Doniyor Toşxöjayev (2020-2022), Muhiddin Jörayev (2022-2023) va Azizbek Ikromov (2023-2026) işlagandi.
Bugungi kunda Aloviddin Sultonov pensiyada, Rahmat Mamatov keyinroq mahalla va oila vaziri va Samarqand viloyati IIB boşliği lavozimlarida (2025 yil yozigaça) işladi, Doniyor Toşxöjayev Farğonadan içki işlar vaziri örinbosarligiga qaytgandi, keyinroq 7 yilga qamaldi, Muhiddin Jörayevning 2023 yil yozida prezident tanqidiga uçrab, işdan olinganidan keyingi faoliyati haqida oçiq manbalarda ma’lumot yöq. Sönggi uç yilga yaqin viloyat IIBga rahbarlik qilib kelgan Azizbek Ikromov esa şu kunlarda favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ötkazildi.












