Dinimiz muhabbat, birdamlik va tinçlik dini bölib, jamiyat vakillari örtasiga tafriqqa va nizo soluvçi har qanday nosoğlom holatga qarşi kuraşadi. Köpinça, bozorlarda kuzatiladigan ana şunday nosoğlom va ayançli holatlardan biri savdo ustiga savdo va xarid ustiga xarid qiliş, deb ataladi. Xaridor rastalardan birida sotilayotgan qaysidir molni yoqtirib, uning egasi bilan savdolaşayotgan paytda yonidagi dökondor öşa xaridorni öziga jalb qiliş uçun: «Mening molimni oling, arzonroqqa beraman», deya öz birodarining savdosini buzadi. Natijada muştariy öşa arzonroq bahoga beradigan tomonga ötib ketadi, savdosi buzilgan sotuvçi yuragida esa narigi sotuvçiga nisbatan nafrat va ğazab olovi alanga oladi. Hatto bu işlar köpinça uruş-janjalga ham olib-keladi. Bunaqa holatlar köp uçraydi aslida. Köpinça oddiy non olmoqçi bölib, non sotayotgan odamlarning biri bilan endi gaplaşişni boşlaganimizda boşqalari yugurib kelib, «Mening nonimni oling, meniki yaxşi», deya öz mahsulotlarini tiqiştiradilar. Bu ham öta xunuk bir holat. Karvon köp, rizqi bölak, deydi dono xalqimiz. Hammaning rizqini Alloh taoloning özi beradi. Şunday ekan, yonimizdagi sotuvçilarni, bozor yoki dökonda özimizga qöşni bölgan kişilarni ranjitmasdan, ularga zarar bermasdan, inoqlikda işlaşimiz lozimdir. Axir qöşniçilik, birodarlik degan tuşunçalar ham borku. Ilmsizlik tufayli şu kabi holatlar hozirgi kunda juda ham avj olib ketmoqda. Ba'zan köçada taksi töxtatib turganimizda, şunday holatlar ham röy beradiki, endigina bitta haydovçi bilan gaplaşişni boşlaganimizda, nari-beridagi boşqa kiraçilar ham yo baqirib, yo signal çalib, «Ötiring, qayoqqa ketyapsiz?», deya örtaga suqiladi. Iloji bölsa-yu birovning mijozini şartta ilib ketişsa. Bundan ham battarroği, köçada qöl kötarib taksi töxtatib turibsiz, kelayotgan maşinalardan biri sizni körgaç, tezlikni tuşirib, siz tomonga qarab sekinlaşib kelyapti, siz ham buni bilib turibsiz.
Şu payt kutilmaganda umuman töxtatilmagan boşqa bir maşina yölning deyarli narigi betidan maşinani şartta siz tomonga buradida, avvalgi maşinadan oldin yetib kelib, oldingizda paydo böladi va gaplaşib sizni olib ketadi. Özlarining bunday «uddaburonliklari» aslida pastkaşlik va özini hurmat qilmaslik ekanini bilmaydilar ham. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) bunday holatlardan qaytarib: «Sizlardan heç kim öz birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin!» deganlar. Ahamiyat bersak, hadisda «Birovning savdosi ustiga...» emas, balki «Öz birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin!..» deya döst-birodarlikka alohida urğu berilyapti. Birovning savdosi ustiga savdo qilib, birovning mijozini öziga çaqirib olayotgan inson bilsinki, u öz oğa-inisiga zulm qilyapti. Holbuki, u öziga bölmasa ham, öşa birodariga ne'mat nasib bölayotganidan sevinişi kerak edi. Axir, Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): «Özing uçun yaxşi körgan narsangni boşqa birodaringga ham ravo körgin!», deganlar. Şunday bölgaç, dökondor nafaqat yonidagi dökondorning savdosini buzişi, balki uning savdosi yaxşi yurişmayotgan bölsa, ayrim mijozlarini yuborib, yordam qilişi nur ustiga nurdir. Endi, şu holatning teskarisi esa «Xarid ustiga xarid qiliş» deb ataladi. Çunki, xarid ham savdoning bir turi hisoblanadi aslida. Buning misoli şundayki, Karim Salimdan 100 ming sömga qandaydir buyum sotib olyapti. Şunda bundan xabar topgan boşqa kişi Salimning oldiga kelib «Öşa narsangizni menga soting, men 120 ming söm beraman», deya sotuvçining narigi odam bilan qilayotgan savdosini buzdiradi va özi sotib oladi. Bu iş xaridorga nisbatan zulm va xiyonat hisoblanadi.











