AQŞ Federal qidiruv boşqarmasi (FQB) Volkswagen menejyeri Oliver Şmidtni qölga oldi. U firibgarlikda gumon qilinmoqda. The New York Times şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, AQŞda 2014-2015 yillarda Volkswagen'ning normativ talablarga rioya qiliş bölimiga rahbarlik qilgan menejyer 7 yanvar kuni Floridada qölga olingan. Naşrda ma'lum qilinişiça, Şmidt Detroytda sud oldida javob beradi.

Bundan taşqari, sobiq menejyerning qölga olinişi "dizelgeyt" böyiça tergov işining jadallaşuvini bildiradi. Nyu-York va Massaçusets prokurorlarining kompaniyaga qarşi oçgan işiga oid hujjatlarga köra, janob Şmidt zararli çiqindilar haqidagi ma'lumotlarni soxtalaştirişni yaşirişga urinişda muhim rol öynagan.
















