Özbekistonlik tört nafar fuqaro Moskva viloyatida uç avtomobilni olib qoçgani uçun 10 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Bu haqda viloyat IIV boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. «360» telekanali esa tezkor tadbir paytida olingan videoni taqdim etdi.

Jinoyatçilar Moskva şahrida olib qoçilgan Honda CRV  maşinasida qölga olindi – ikki erkak jipda bölgan bölsa, ularning hamtovoqlari şaxsiy maşinasida orqada kelişgan. Tezkor xodimlar tekşiruv davomida beşta turli davlat raqami belgisi va öğirlangan avtomobil kalitini topişdi.

Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan gumondorlar Moskva viloyatida uçta qimmatbaho xorij avtomobilini olib qoçişgani aniqlandi. Ularning ikki nafari hibsga olindi, qolganlar esa şahardan çiqmaslik haqida tuşuntiriş xati yozişgandan söng qöyib yuborilgan. Gumonlanuvçilar 10 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.