Yahoo boş direktori Marissa Mayyer kompaniya direktorlar kengaşini tark etadi. Bu holat Verizon kompaniyasi xarid qiliş böyiça kelişuvni yakuniga yetkazganidan söng yuz beradi, deb xabar qildi Business Insider Yahoo bayonotiga asosan.
Xabarga köra, Mayyer bilan direktorlar kengaşini Yahoo asosçilaridan biri Devid Filo va yana tört nafar top-menejyer tark etadi. Kompaniya bayonotida aytilişiça, bu qadam bölajak rahbariyat bilan mojaroga aloqador emas.
Naşrning ta'kidlaşiça, bitim yakuniga yetkazilgaç, Yahoo kompaniyasining asosiy aktivlari Xitoyning Alibaba Group va Yaponiyaning Yahoo Japan aksiyalaridan iborat bölgan qismi nomi Altaba deb özgartiriladi.
Ma'lumot uçun, Verizon Yahoöni 4,83 milliard AQŞ dollariga xarid qilmoqda. Kelişuv joriy yilning birinçi çoragida yakunlanadi.












