Apple korporatsiyasini ularning mahsuloti qimmatligi borasida köp bora tanqid qilişgan, biroq bunga tuşuntiriş berilganga öxşaydi. Ma'lum bölişiça, ba'zi bir texnikalar pullardan “qilingan” ekan. Gizmodo internet-portali jurnalistlari global tarmoqda deyarli önlab qiziqarli voqealarni topişdi. Ularda turli yillarda çiqarilgan MacBook noutbuklari egalari optik uzatmada kelib çiqişi noma'lum bölgan va turli qiymatdagi tangalarni topişgani aytiladi.

Masalan, Grek Kilpatrik 2010 yilda öziga tegişli Macbook Pröda 1970 yilda çiqarilgan 25 sent qiymatdagi tangani topgan. Xuddi şunday qiymatdagi tanga Experts Exchange saytining mccrick niki ostidagi foydalanuvçisi tomonidan aniqlangan bölsa, Mac Rumors sahifasi öquvçisi 2011 yilda çiqarilgan Apple noutbukida kanada tangasini topganini xabar qilgan. Texnika yiğuvçilari tangalarni nima uçun aynan optik uzatmalarda joylaştirişlari noma'lum. Ehtimol, ular diskovod muvozatini uşlab turiş uçun işlatilar. Nima bölgan taqdirda ham, Apple bunday “xazinalar” aslida nima maqsadda joylaştirilganini oşkor etmayapti.
 

 mccrick/ Experts Exchange
unplottable/ Mac Rumors
ianlafo/ Imgur
 eddie360/ Imgur