Argentina hukumati bir neçta neft kompaniyalari bilan Neuken viloyatidagi Vaka Muerta slanets koniga 5 mlrd dollar investitsiya qilinişi böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Argentina prezidenti Maurisio Makri ma'lum qildi. 

"Kelişuvga köra kompaniyalar birinçi yil 5 mlrd dollar ajratiş majburiyatini oldilar. Keyingi yillarda bu qiymat 2 martadan köproqqa oşişi kerak", deb aytdi Makri. Kelişuvda Argentinaning YPF va Pan American Energy, Fransiyaning Total, AQŞning Chevron va Shell niderland-britan neft-gaz kompaniyalari iştirok etmoqda.

Investitsiyalar evaziga işlab çiqarilgan yonilği narxi 1 mln britan issiqlik birligi uçun 7,5 dollardan kam bölmasligi kafolatlanmoqda. Hukumat öz zimmasiga infratuzilma, jumladan avtomobil va temir yölni rivojlantirişni oladi. Neuken rahbariyati esa soliqlarni oşirmaslik majburiyatini oladi. 

"5 mlrd dollarning özi unça muhim emas. Muhimi, bu mablağ evaziga iş örinlari yaratiladi", deb aytdi Makri. Makri kelajakda bunday kelişuvlarga iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida ham erişişga muvaffaq bölinişiga umid bildirdi.  

Vaka Muerta noan'anaviy uglevodorodlar koni bölib, 2010 yilda Repsol-YPF kompaniyasi tomonidan oçilgan. Uning zaxiralari 16 mlrd barrel slanets nefti va 208 trln kub fut slanets gazi miqdorida baholanadi.