Ğarbiy Avstraliyada yöllardan biriga asfalt yotqizilişi dron yordamida tasvirga tuşirildi. 14 dekabr kuni taqdim etilgan rolik haqida WAtoday naşri xabar berdi.
Avvaliga tuproqli yöl tekislanib, söng undan erigan gudron (neft qoldiğidan iborat qora smolasimon modda) bölgan yuk maşinasi ötadi. Keyin esa şağal tökiladi.
Avstraliyalik mutaxassislar taxminan beş kilometrli yöl kötarmasini atigi 2 kunda bitkazişdi. Loyihaga sarflangan umumiy mablağ esa 443 ming dollarni taşkil etdi.
Yöl ta'mirlanişiga javobgar bölgan Mura hududi ma'muriyati internet-hamjamiyat reaksiyasidan taajjubga tuşdi.
«Biz juda ham faxrlandik. Xodimlarimiz katta hurmatga sazovor bölişganidan juda ham xursandmiz», - deya ma'lum qildi mahalliy amaldor Alan Lison.











